SFINKTER

SFINKTER (yun. sphingo — qisaman, sphinkter — siquvchi muskul) — halqasimon muskullar. S. organizmdagi tabiiy tashqi teshiklarni (mas, ogʻiz, tashqi chiqaruv teshigi) yoki naysimon aʼzoning bir qismidan ikkinchi qismiga (mas, meʼdadan oʻn ikki barmoq ichakka, qovukdan siydik chiqarish kanaliga) oʻtish yoʻlidagi tirqishlar qisqarganda ularni toraytiradi yoki berkitadi. S maʼlum taranglikda boʻladi. Koʻz yoy pardasi halqasimon muskuli ham Sfinkterga kiradi. Baʼzi Sfinkterlar koʻndalangtargʻil, boshqalari silliq muskullardan tarkib topgan. Sfinkterlarni vegetativ nerv sistemasi innervatsiyalaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x