SFALERIT (yun. sphaleros — aldamchi) , pyx aldamchisi — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnS (67,1% Zn va 32,9% S). Izomorf aralashmalari: Fe(26% gacha), Mp (8,4% gacha), Si (15% gacha), Cd (9,2% gacha), In (2,5%gacha), Hg(35% gacha), Sn (2% gacha), Ti (1% gacha), Ga, Co, Ag. Temirga boy (10% dan koʻproq) turi marmatit, rangeiz va och ranglisi kleyofan deb ataladi. Sfalerit strukturasi — S atomlaridan tashkil toptan zich kubik holatda boʻlib, tetraedrik boʻshliqlarda Zn atomlari joylashgan, ZnSNing geksagonal modifikatsiyasi vyursit deb ataladi. Sfaleritning aralashmalarsiz xili rangeiz va shaffof, tarkibida Fe borlari jigarrangdanqoragacha, Fe aralashmasi oz bulganlarining yashilsargʻish rangi Cdra, qizil rangi tarkibidagi Mp, Si, Ag, In va Ti ga bogʻliq. Olmosdek yaltiroq. Qattiqligi 3,4—4; zichligi 3,9—4,1 g/ sm3. Moʻrt. Pyezoelektrik va piro elektrik xususiyatlarga ega. Asosan gidrotermal konlar (galenit, pirit, xalkopirit, arsenopirit, kvars, kalsit, barit, dolomit bilan birga) hamda choʻkindi konlarsh hosil boʻladi. Oksidlanish zonasida pyx sulfati (goslarit) va rux karbonati — smitsonitta, metamorfizmda sinkitta, franklinit, villemit va b. minerallarga aylanadi. Sfalerit rux uchun asosiy ruda boʻlib, undan yana Cd, In va Ga kabi qimmatbaho nodir metallar ham ajratib olinadi. Sfalerit Qurama togʻlari yon bagʻridagi (Oʻzbekiston, Tojikiston) qoʻrgʻoshinrux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardob), oltinkumush (Lashkarak, Qoʻshbuloq), mismolibden (Qalmoqqir), kassiteritsulfidli (Novgarzonsoy) va b. koʻpgina rudali konlarda gidrotermal sharoitda paydo boʻladi. Oʻzbekiston Gʻarbida Uchquloch, Oʻzbekiston janubida kolchedanpolimetalli Xondiza, Tozachorva (Hisor togʻlari) konlari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые