SEZIY (lot. caesius — zangori, havo rang, Caesium) , Cs-Mendeleyev davriy sistemasining I guruxiga manub kimyoviy element; tartib rakami 55, at. m. 132,9054. Tabiiy Seziy 1 ta izotop 133Cs dan iborat. Uning 15 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Bular ichida eng barqarori l37Cs (T|/2 = ZZy.).
Seziy dastlab 1860-y. da R. Bunzen va G. Kirxgof tomonidan Germaniyaning Dyurkteym mineral suvlarini spektral usudsa tekshirish natijasida kashf qilingan. Metall Seziyni dastlab K. Setterberg 1882-y. da suyuqlantirilgan seziy sianidni elektrolizlab olgan. Seziyning spektrida 2 zangori chiziq mavjud.
Seziy nodir element. Yer poʻstining massa jihatidan 7-10~4% ini tashkil etadi. Seziy pollutsit nomli mineral (alyumosilikat) hosil qiladi. Seziy birikmalari mineral suvlar tarkibida va tirik organizmlarda boʻladi. Seziy oz mikdorda bazalt, granit, diabaz kabi togʻ jinslari tarkibida uchraydi. Lepidolit (yoki pollutsitdan) litiy, kaliy, rubidiy va kalsiy ajratilganidan keyin Seziy birikmalari olinadi. Sof Seziy olish uchun S. galogenidlar kalsiy bilan kaytariladi.
Seziy sargʻish-pushti rangli, yengil, juda yumshoq ishqoriy metall. Suyuqlanish t-rasi 28,5°, qaynash t-rasi 705°, zichligi 1,90 g/sm3 (20°da). Seziyning yoruglikka sezgirligi barcha me-tallarnikidan yuqori.
U juda faol metall, havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi, hatto vakuumdan ham oʻziga kislorodni tortib oladi. Seziy parafin moyida saklanadi. Seziy suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, seziy gidroksid CsOH hosil qiladi; bunda vodorod ham ajralib chiqadi va portlash yuz beradi. Seziy galogenlar bilan alanga hosil qilib, shiddatli reaksiyaga kirishadi. Seziyning oltingugurt bilan reaksiyasi ham shu tarzda boradi. Seziy kuchli qaytaruvchi. 300° dayoq SiO2 dan kremniyni qaytaradi. Seziy fotoelementlar i. ch. da, baʼzi birikmalari tibbiyotda, Csl, CsBe dan tayyorlangan prizmalar infraqizil spektroskopiyada ishlatiladi. Seziy birikmalaridan katalizda ham foydalaniladi.