SEYSMOGRAF

SEYSMOGRAF (seysmo… va…graf) — zilzila yoki portlash paytida vujudga keladigan yer tebranishlari va silkinishlari (seysmik signallar) ni qayd qilish uchun moʻljallangan asbob. Seysmik signallarni qabul qiluvchi asbob — seysmometr va bu signallarni qayd qiladigan qurilmadan iborat. Seysmografning galvanometrik, elektrodinamik, pyezoelektrik va b. turlari bor. Galvanometrik Seysmografning asosiy kismlari — taglik hamda unga biriktirilgan elastik yuk (mayatnik). Asbob tagligi tekshirish obyektiga mahkam oʻrnatiladi. Obyekt tebranganda mayatnik taglikka nisbatan xarakatlanadi; bu harakat seysmometrda elektr signallariga aylantiriladi va mexanik yoki fotografik usudda yozib olinadi. Elektrodinamik Seysmografda tebranishlar asbob korpusi orkali kayd kilinadi. Korpusga prujinalar bilan biriktirilgan inert yukka nisbatan Seysmografning siljishi tufayli yer tebranishlari (silkinishlari) elektr signallarga aylanadi va qayd qiluvchi qurilmada yozib olinadi. Pyezoelektrik Seysmograf yordamida suyuq muhit (dengiz va burgʻilab ochilgan kuduklardagi suv) da zilzila yoki portlashlar taʼsirida vujudga keladigan hajmiy sikilish toʻlqinlari qayd qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x