SEYSMIK SHKALA

SEYSMIK SHKALAzilzila paytida yer sirtida vujudga keladigan tebranishlar kuchi (jadalligi)ni baholash (oʻlchash) uchun ishlatiladigan jadval. Tebranishlar kuchi gruntdagi qoldiq deformatsiya (oʻzgarish) koʻlami va shakliga, bino va inshootlarning shikastlanish drajasiga va b. tashqi koʻrsatkichlarga qarab baholanadi. Seysmik shkalaning turi koʻp. Ulardan biri 1917-y. Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi (hoz. baʼzi Yevropa mamlakatlarida qoʻllanadi). 1931-y. AQSH da Vud va Nyuman tomonidan qabul qilingan 12 balli MM shkalasi, 1964-y. S. V. Medvedev (Moskva) tomonidan tavsiya etilgan 12 balli shkala ham bor. 1964-y. Parijda YUNESKO davlatlararo yigilishida tavsiya etilgan 12 balli MSHK64 shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Germaniya) va V. Karnik (Praga) tomonidan tuzilgan. Yer sirtidagi tebranishlar kuchini ballarda oʻlchash bilan birga zilzilalarni magnituda (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) boʻyicha tasniflash usuli ham ishlatiladi (q. Rixter shkalasi). Magnituda zilzila oʻchogʻi tarqatadigan energiya logarifmiga mutanosib (moye) boʻladi (mas, 1966-yilgi Toshkent zilzilasining kuchi 8 ball deb baxrlangan, magnitudasi esa 5,3 ga teng boʻlgan). Baʼzi mamlakatlar (mas, Yaponiya) da 7 balli shkala qoʻllanadi. Seysmik shkala boʻyicha zilzila oqibatlarining tashqi koʻrinishlari (shikastlanish, yemirilish, oʻpirilish, yorilish, darzlar va b.) dan tashkari tebranish jarayonlari (siljish, surilish, tezlik, tezlanish va b.) ni ham xisobga oladigan maxsus asboblar (seysmograf, akselerograf va b.) yordamida ham aniqlanadi. Seysmik shkala zilzilaning tashqi alomatlarini oʻrganish, seysmik xaritalar tuzish, seysmik hududlashtirish va cheklangan hududlarni mikrohududlashtirish va b. maqsadlarda qoʻllanadi.

Ad.: Rixter Ch., Elementarnaya seysmologiya, M., 1963; Abdullabekov K,., Zilziladan saqlanish mumkinmi?, T., 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x