SEYSMIK HUDUDLASHTIRISH

SEYSMIK HUDUDLASHTIRISH — seysmik jihatdan faol joylarni seysmik xavflilik darajasi boʻyicha hududlar (zonalar)ga ajratish (q. Zilzila). Ilgari boʻlib oʻtgan zilzilalar, joyning geologik, tektonik, seysmik va geofizik xususiyatlarini asboblar yordamida tekshirish natijalari hamda makroseysmik maʼlumotlarga asoslanib amalga oshiriladi. Zilzilalarning inshootlarga taʼsiri kuchini seysmik xavfli hududlarning muayyan uchastkasini mahalliy muhandislik geologiyasi, gidrogeologik sharoitlariga koʻra baxrlash seysmik mikrohududlashtirish deb ataladi. Ularda har qanday geografik punkt uchun oʻrtacha gruntli sharoitlarda tebranishlar intensivligi haqidagi maʼlumotlar ball xisobida aks ettiriladi. Qurilish meʼyorlari va qoidalariga binoan, oʻrtacha gruntli sharoitlarga gil, qumoq tuproq, qum, yirik chaqiq tosh gruntli sharoitlar kiradi. Seysmik hududlashtirish xaritasi rasmiy hujjat hisoblanadi (q. Seysmik xaritalar). Oʻzbekistonda 9 balli zona Chatqol togʻ tizmasining markaziy qismini egallab, Fargʻona vodiysining sharqiy qismigacha davom etadi. Bu zonaning gʻarbiy chegarasi Namangan va Fargʻona shaharlari yaqinidan oʻtadi. Zona janubiy va jan. gʻarbiy yoʻnalishlarda Tojikistonga oʻtadi va Surxondaryo viloyatining shim. da Shargʻun shahri atroflaridagi kichikroq hududni oʻz ichiga oladi. Bu zonada 9 balli zilzilalarning epitsentri joylashgan (Chatqol zilzilasi, 1946 y; Andijon zilzilasi, 1902; Qoratogʻ zilzilasi, 1907), 8 balli zona shim. da Qorjontov, Ugom va Piskom togʻ tizmalarini qamragan. Janubrokda bu zona Toshkent (Toshkent zilzilasi, 1966), Namangan va Fargʻona sh. lari orasidan tor polosa shaklida oʻtadi, soʻngra Tojikistonga, u yerdan Surxondaryo viloyatiga oʻtib, gʻarbdan Boysuntogʻ tizmasining shim. qismida 9 balli zona bilan tutashadi. Buxoro viloyatining Gazli sh. atrofi ham 8 balli zonaga kiradi (1976 va 1984-y. gi Gazli zilzilalari), 7 balli zona Chimkent sh. (Qozogʻiston) yaqinidan jan. ga tomon yoʻnalib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududini, Qashqadaryo viloyatining gʻarbiy qismini va Surxondaryoning asosiy hududini hamda Navoiy viloyatining sharqiy qismini, Buxoro viloyatini, Xorazm viloyatining jan. qismini oʻz ichiga oladi.

Ad., Rixter Ch., Elementarnaya seysmologiya, M., 1962; Abdullabekov Q., Zilziladan saqlanish mumkinmi?, T., 1992. Qahhorbek Abdullabekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x