SEYALKA (rus. seyat — ekmoq) , ekkich — q. x. ekinlari va daraxtlar urugʻini muayyan chuqurlikda tekis ekish, ekinlarni oʻgʻitlash uchun moʻljallangan q. x. mashinasi. Ekish usuliga koʻra, katorlab, uyalab, urukni aniq tashlab (punktir) va sochib (oʻt urugʻi va oʻgʻitni) ekadigan turlarga bulinadi. Vazifasiga kura, chigit, sabzavot, poliz ekinlari, don (arpa, bugʻdoy, noʻxat, tariq, guruch va b.), makkajoʻxori, bogʻdorchilik S. si farklanadi. Traktorlar bilan ishlatish usuliga koʻra, Seyalkalar tirkama va osma; ekish apparatlari tipiga koʻra, gʻaltakli va diskli; soshniklari tipiga koʻra, diskli va ankerli turlarga boʻlinadi. Barcha Seyalkalar ishlash jarayoni va tuzili shi jihatdan oʻxshash boʻladi, urugʻni ekish chuqurligi, qator oralari, qatorlar soni va shakli boʻyicha birbiridan farklanadi. Mas, chigit S. si chigitni qatorlab, kvadratuyalab va zichuyalab ekishga moslashtiriladi, sabzavot S. si urugʻni qatorli va lentali usullarda ekadi va h. k. S, asosan, urugʻ solinadigan yashik, ekish apparati va soshniklardan iborat.
Oʻzbekistonda chigit, boshoqli don (arpa, bugʻdoy), sabzavot ekinlari (sabzi, piyoz, rediska va turp), kartoshka ekish, bogdorchilik (uzum, anor, anjir va b. mevali daraxt koʻchatlari ekish) Seyalka lari ishlatiladi. «Oʻzbekqishloqmash» AJ da chigit ekish Seyalkasi (SMX4), paxtamakkajoʻxori Seyalkalari (SMX3,6/4,2 va SMX5,4), qand lavlagi, makkajoʻxori, karam, baqlajon, yer yongʻoq, kunjut ekish uchun moʻljallangan pnevmomexanik Seyalkalari (SXM40,4, SXM40401), don Seyalkasi (SMZ24), kartoshka Seyalkasi (KS2, KS4), mayda sabzavot ekinlari Seyalkalari (HP.302, NR.300201); «Urganchozuqamash» AJ da chigitni anik, ekish Seyalkasi (STV8M), «Kimyoqishloqmash» AJ da chigitni ekish oldidan namlagich apparat (USN4) va b. ishlab chiqariladi.
Erta koʻklamda chigit endigina unib chiqqanda nihollarni sovuqdan asrash, qatqaloqning oldini olish maqsadida ekinzorlar ustiga plyonka yopish uchun moʻljallangan moslama (PRP4) («Oʻzbekqishloqmash» AJ) S. lar SMX4, STX4, SCHX4 va SXU4 larga oʻrnatiladi. Barcha Seyalkalar traktorlar bilan agregatlab ishlatiladi.