SEVASTOPOL

SEVASTOPOL (1784-y. gacha Axtiar) — Ukrainaning Krim Respublikasidagi shahar. Qora dengizning Sevastopol qoʻltigʻi sohilida. Dengiz porti, t. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 360 ming kishi (1997-y.) Qadimda Sevastopol oʻrnida antik Xersones sh. boʻlgan. Krimni Rossiya bosib olgandan keyin (1783) shahar va portda qurilish ishlaryai avj oldirildi va 1784-y. dan Sevastopol deb ataldi. 1802-y. dan Tavriya gubernyasi tarkibida. 1804-y. da Qora dengizning asosiy harbiy porti deb eʼlon qilindi. 1875-y. da Sevastopol — Lozovaya t. y. quriddi va shahar Simferopol bilan bogʻlandi. 1941—42 y. larda Sevastopol va uning atrofida qattiq janglar boʻlgan. 1945-y. da Sevastopolga qahramon shahar unvoni berildi. Shahar urush harakatlari davrida deyarli butunlay vayron qilingan edi. «Sevastopol mudofaasi» panoramasi (1902—04 y. lar, rassom F. A. Rubbo) tiklandi, 1944-y. 7-mayda «SapunGorani shturm qilish» dioramasi barpo etildi (1959).

Sevastopol — Qora dengiz harbiy flotining asosiy bazasi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, priborsozlik, «Ximggrom» va b. korxonalar, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoatlari bor. Priborsozlik inti, 2 teatr, bir qancha muzey, jumladan, Qora dengiz floti, badiiy muzeylar, Jan. dengizlar biologiyasi in-ti akvariumi mavjud. Sevastopolda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Petropavlovsk cherkovi (1843—48), Graf pristani (1846) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x