SEUL

SEULKoreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iklimi mussonli iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). Seul avanporti — Inchxon b-n birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy r-nni tashkil etadi.

Seul ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-a. oxirigacha kichikroq savdo shaxri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), S. — Koreya poytaxti. 1592—93 ylarda Seulni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905-y. dan S. Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910-y. dan generalgubernatorining, 1948-y. dan Jan. Koreya xukumati bosh qarorgohi.

Seul — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon sh. bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori krldikdari (19-a. oxirigacha Seul baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va b. sakdangan. Seul — mamlakatning madaniy markazi: Davlat un-ti (1946), xususiy un-tlar, intlar, teatr va xoreografiya intlari, Milliy FA, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988-y. da Seulda 14Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x