SERVANTES

SERVANTES Saavedra (Cervantes Saavedra) Migel de (1547, 9.10, AlkaladeEnares — 1616.23.4, Madrid) — ispan yozuvchisi. Iezuitlarning Valyadolida sh. dagi kollegiyasida (1557—61), keyin Madridda tahsil koʻrgan. Papa muridlari bilan birga 1569-y. da Italiyaga borgan. Yevropa floti ning Lepanto yaqinida turklarga qar shi olib borgan jangida (1571-y. 7 okt.) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qoʻliga tushib, Jazoirda 5 y. asirlikda yashagan.

S 1585-y. Madridda nashr etilgan «Galateya» romani bilan tanilgan. Shundan keyin u garchand 20—30 ta pyesa yozgan boʻlsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata olmagan Servantes 1587-y. da Sevilyaga koʻchib borib, 1603-y. gacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar bilan muloqotda boʻlish uning soʻnggi davr ijodiga katta taʼsir oʻtkazgan. 1602-y. Sevilya qamoqxonasida boshlagan «Don Kixot» romani (1-qismi) nashr etilishi b-noq (1603) S. Yevropa miqyosida mashhur boʻlib ketadi. Romanning katta shovshuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614-y. da «Don Kixot»ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bundan gʻazablangan Servantes 1615-y. da romanning haqiqiy davomi — 2-qismini eʼlon qiladi. Servantes «Don Kixot»ning har ikkala qismi orasida «Pandnoma hikoyalar» (1613) va «Parnasga sayohat» dostoni (1614)ni yozgan. «Persiles va Sixizmundaning sarguzashtlari» (1617-y. nashr etilgan) romani esa Servantesning xastalik paytida yozib tugatgan soʻnggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlikda kechgan Servantes oʻlimi oldida rohiblikka oʻtgan.

Servantesning adabiy merosida hajviy va ishqiy sheʼrlar, ishqiy qahramonlik va hayotiymaishiy mavzudagi drama va komediyalar hamda koʻplab hikoyalar mavjud. Bu asarlarga xos eng muhim holat va vaziyatlar, niyat va gʻoyalar «Don Kixot»da oʻzining yorqin badiiy tajassumini topgan. Asardagi taqdir bilan murosa qila olmaydigan, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashga shay boʻlgan qahramon obrazi oʻz iddizlari bilan 16-a. dagi ispan «yangi ritsar romanlari», shuningdek, Italiyadagi Uygʻonish davri dostonlari va choʻponlar xaqidagi koʻplab hikoyalarga borib taqaladi. Ammo Servantes bu asarlarga xos qahramon obrazini yaratish anʼanalarini davom ettirishni emas, balki oʻzi yashagan davrda keng tarqalgan «yangi ritsar romanlari» ustidan kulishni, ularga parodiya qilishni oʻziga maqsad qilib olgan. Ayni paytda Servantes voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvarlik gʻoyalarini tarannum qilgan.

«Don Kixot» 19—20-a. larga kelib olamshumul shuhrat qozondi. Xuddi shu davrlarda asarning tragikomik va umuminsoniy ahamiyati ilk bor kashf etildi; unda tasvirlangan ideal va real qodisalar, soxta qahramonlik bilan haqiqiy jasorat, orzuarmon bilan real voqelik oʻrtasidagi keskin farq shu asrlarda kechgan ijtimoiy poʻrtanalar va hayotiy vaziyatlardagi tanazzul mohiyatini oʻzida ifodalash qudratiga ega boʻldi. Ushbu roman asosida jahonning koʻpgina mamlakatlarida sahna (opera, balet, drama), kino (kinofilm, teleserial), musiqa (fantastik variatsiyalar) va tasviriy sanʼat (qaykal va b.) asarlari yaratilgan.

As: Don Kixotning sarguzashtlari, T., 1990.

Ad.: Frank B., Servantes, M., 1960; Dias — Plaxa G., Ot Servantesa do nashix dney, M., 1981.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x