DO`STLARGA ULASHING:
?Serukal ampula — Ko’ngil aynish va qusishga qarshi vosita.
? 0,5 % li dozada — 2 ml ampulalarda chiqariladi.
#Serukal ampula
#Серукал ампула
?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma.
? Tarkibi :
1 ml eritma — 5mg metoklopramid gidroxlorid saqlaydi.1 ta ampula ( 2 ml) esa o’zida 10 mg metoklopramid gidroxlorid saqlaydi.
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Ko»ngil aynish va qusishga qarshi vosita.
?Qo’llanilishi
— Narkoz da
— Nur terapiyasida
— Kimyoterapiya o’tkazishdagi qusish xolatlarida 30 minut oldin vena ichiga yuboriladi.
— Jigar va buyrak kasalliklarida
— Bosh miya jarohatlarida
— Migrenda
— Ko»ngil aynish va qusish xolatlarida.
— Me’daning peptik yarasida
— Me’daning diabetik parezida
— Me’da operatsiyasidan keyingi atoniyada
— Gastritlarda
— Gastroezofagal reflyuksda
— Jigar sirrozidagi ko’ngil aynish va qusishda.
— Xomiladorlik davridagi qusishda
— Surunkali pankreatitda
— Uremiyada
— Xiqichoq va kekirishda.
— Gastroskopiyani o’tkazishda.
— Duodenal zondlashda.
— Me’da va 12 barmoq ichak kasalliklarini rentgendiagnostikasini o’tkazishda qo’llanadi. ( Ichak zondini kiritishdan oldin vena ichiga yuboriladi).
?Qabul qilish usuli va dozasi
Vena ichiga va mushak ichiga buyuriladi.
Ko»ngil aynish va qusish paytida kattalarda 2 ampula gacha yuborish mumkin.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lganlarda — 1 ta ampula yoki 1 ampulaning yarmi yuboriladi.
?Nojo’ya ta’siri
— Uyquchanlik
— Yuqori charchoq
— Bosh og’rigi , quloqlarda shovqin.
— Og’iz qurishi , eshakyemi
— Uzoq muddat qo’llanganda parkinson kasalligi rivojlanishi mumkin.
— Organizmda natriy ni ushlab qolishi hisobiga organizmda shish hosil bolishi.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Me’da ichak yo’llaridan qon ketganda.
— Feoxromotsitomada
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Tutqanoqda ( epilepsiyada) qo’llash mumkin emas.
— Sut bezi raki keltirib chiqargan ko»ngil aynish va qusishda.
— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida.
— Emizish davrida
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.
— Qon bosimi juda baland yuradigan kishilarda .
— Bronxial astma kasalligi og’ir bosqich davridagi bemorlarda.
— O’tkir jigar va buyrak yetishmovchiligida.
— Ovqat hazm qilish a’zolari operatsiyasidan keyin qo’llash mumkin emas.