SEROZ PARDA — odam va hayvon tanasi boʻshligʻi va ichki aʼzolarini oʻrab turadigan parda. Oʻrniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. Seroz parda ichki aʼzolar harakatini osonlashtiradigan, himoya funksiyasini bajaradigan seroz suyuklik ishlab chiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik Seroz parda gg. yalligʻlanganda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlashadi, xira, gʻadirbudur boʻlib, funksiyasi buziladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые