SERJIPI

SERJIPI — Braziliyaning shim. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 22 ming km2. Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha t-rasi yanv. da 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600—1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — q. x. Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x