SERBLAR (oʻzlarini srbi deb atashadi) — xalq. Serbiya va Chernogoriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 10,16 mln. kishi, jumladan, Serbiyada 6,7 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Serbxorvat tilida soʻzlashadi. Etnogeneziga koʻra, xorvatlarga yaqin. Ularning ajdodlari mil. 6—7-a. larda Bolqon ya. o. ga kelib illiriy va frakiy aholi bilan aralashgan jan. slavyan kabilalaridir. Serblar 12-a. da xalq sifatida shakllangan. Serbiya 14-a. oxirida turklar tomonidan bosib olingach, koʻpchilik Serblar mamlakat shim. ga koʻchib keta boshlagan. 1878-y. da Serbiya toʻla mustaqilikka erishgan. Dindorlari — pravoslavlar, katolik va protestantlar, sunn i y musulmonlar ham bor. S. dehqonchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, chorvachilik, baliq ovlash, hunarmandchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые