SENTRIOL

SENTRIOL (lot. centrum, yun. kentrom — markaz, oʻrta nuqta) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasining membranasiz organoidi. Sentriolni ingliz mikrobiologi F. Fleming kashf etgan (1875). Sentriol Golji apparata yoniga joylashgan; diploid hujayralarda bir juft boʻlib, diplosoma deyiladi. Sentrioldan biri yetuk (onalik), 2-si yetilmagan (qizlik) boʻladi. Kizlik Sentriol ona Sentriolning kichik nusxasi hisoblanadi. Interfazaning sintez yoki undan keyingi davrida Sentriol 2 hissa ortadi. Mitoz profazasida diplosomalar bir-biridan itarilib, mitoz dukini hosil qiladi. Poliploid hujayralarda S. lar soni xromosomalar toʻplami soniga mos keladi. Sentriol yuksak oʻsimliklar, baʼzi zamburugʻlar, suvoʻtlar va ayrim sodda hayvonlarda boʻlmaydi. Sentriol naysimon tuzilgan; uning devori 9 triplet mikronaychalardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x