SENT-LUIS

SENT-LUIS — AQSHning markaziy qismidagi shahar. Missuri shtatida. Aholisi 348,2 ming kishi (2000). Missuri daryosining Missisipi daryosiga quyilish joyidagi port. AQSHning yirik sanoat, savdomoliya markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aviatsiya, raketakosmik, radioelektronika, elektrotexnika, metallsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, harbiy sanoat rivojlangan. Kora va rangli metallurgiya korxonalari bor. T. y. vagonlari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, koʻnpoyabzal, poligrafiya sanoati korxonalari, 2 un-t bor. Shaharga 1764-y. da asos solingan. Shahar yaqinida qoʻrgʻoshin rudasi qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x