SENT-KITS VA NEVIS

SENT-KITS VA NEVIS (Saint Kitts and Nevis) , Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kittis and Nevis), SentKristofer va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) — Karib dengizining sharqiy qismidagi Kichik Antil o. lari arxipelagida joylashgan davlat. Mayd. 261 km2. Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Baster sh. (SentKits o. da). Maʼmuriy bulinishi 2 birlikdan iborat.

Davlat tuzumi. Sent-Kits Va Nevis va N. — konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-y. 19 sent. da kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya Qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hrkimiyat organi — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Orollar vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng yirik orol SentKristofer (koʻpincha SentKits deb yuritiladi). Nevis o. undan 3 km jan. da joylashgan. Ikkala orol goʻzal hosildor vodiylardan iborat boʻlib, oʻrtasida togʻ choʻqqilari bor (eng baland joyi — Mizeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ikdim. Oʻr: ;cha oylik tra 18—24°. Yillik yogʻin 700—1200 mm. Togʻlarning quyi yon bagʻirlariga shakarqamish va gʻoʻza ekiladi, balandroqda togʻ tropik oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat.

Aholisining deyarli hammasi afrikalik qullarning avlodi boʻlgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Rasmiy tilingliz tili.

Tarixi. Orollarga 1493-y. X. Kolumb kelgan. 17-a. boshlaridan Buyuk Britaniya b-n Fransiya urtasida talash bulgan. Bu yerda fransuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628-y. Nevis, 1783-y. esa SentKits o. ni mustamlakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi — aravaklarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882-y. SentKits, Nevis va Angilya (Anguilla) o. lari federatsiyasi tuzildi, u 1958 — 62 y. larda VestIndiya federatsiyasiga kirdi. 1967-y. fev. dan u «Buyuk Britaniya bilan uyushtan davlat» maqomini oldi (may oyida Angilya federatsiyadan chikdi). 1983-y. sent. dan Sent-Kits Va Nevis va N. mustaqil davlat. 1983-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19 sent. — Mustaqillik kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq faoliyati partiyasi, SentKristofer o. da 1965-y. tuzilgan; Sertashvish fuqarolar harakati, Nyovis o. dagi toʻrt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932-y. asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970-y. tashkil etilgan. SentKits—Nevis kasaba va ishchi ittifoqi, 1940-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotning asosi q. x. va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tashkil etadi. 8 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga SentKitsda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (mango, avokado, papayya va b.) bilan band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas yetishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Q. x. mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uz. 310 km, tor izli temir yoʻl uz. —36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yogʻi va b. chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda b-n savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gaz. lari: «Demokrat» (haftanoma, 1948-y. dan), «Leybor spouksmen» («Ishchi notiq», haftada 2-marta chiqadigan gaz., 1957-y. dan). Radio va televideniye hukumat xizmati mavjud, radioeshittirishlar 1961-y. dan, telekoʻrsatuvlar 1972-y. dan olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x