SENOGENEZ

SENOGENEZ (yun. kainos — yangi va …genez) — organizmning embrional yoki lichinka rivojlanishining oʻziga xos sharoitlariga moslashuvi. Senogenezga amnion, xorion, allantois, sariqlik xaltasi, yoʻldosh va b. provizor (vaqtinchalik) murtak organlar, embrional rivojlanish tezligi, embrion varaqlari hosil boʻlishi va joyining oʻzgarishi misol boʻladi, «S» terminini nemis olimi E. Gekkel oʻzining biogenetik qonun konsepsiyasida taklif etgan (1866). Dastlab Senogenez ontogenezdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan ishlatilgan. Senogenezning A. N. Seversov ishlab chiqqan filembriogenez nazariyasida (1912) Senogenezga faqat embriologik va lichinkalik moslanish tarzida qaraladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x