SENEKA (Seneca) Lutsiy Anney (taxm. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga s u i q a s d qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qoʻllanma deb bilgan. «Lutsiliyga xatlar» falsafiy asari, «Himmat haqida», «Rahmshafqat haqida», «Ruhiy xotirjamlik haqida» va b. risolalarida tarkidunyo qilish, oʻlim va taqsirni nazarpisand qilmaslik, extiroslardan xoli boʻlish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые