SEN-SANS (SaintSaens) Sharl Kamil (1835.9.10, Parij 1921.16.12, Jazoir, Parijda dafn etilgan) — fransuz kompozitori, ijrochi va jamoat arbobi. Fransiya in-ti aʼzosi (1881), Kembrij un-ti d-ri (1893). Milliy musiqa jamiyati asoschilaridan (1871). Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848 52). 185377-y. larda Parij soborlarida organchi boʻlib, oʻzining mukammal badiha ijrolari bilan shuhrat qozongan. 1870y. lardan boshlab Yevropa, Shim. Afrika va Amerika mamlakatlarida pianinochi va dirijyor sifatida konsertlar bergan. Kompozitorlik ijodida dilkash ifodalilik va garmonik nafislik, orkestr koloritining rangbarangligi, oʻzgarishlarga boy ritmikasi, xalq musiqasiga yaqinlik xususiyatlari koʻzga tashlanadi. Sen-Sans 12 opera (jumladan, oriyental uslubda yaratilgan «Samson va Dalila», 1868), 5 ta fortepiano, 3 ta skripka, 2 ta violonchel konsertlari, bir necha simfonik va vokalsimfonik asarlar, kamercholgʻu pyesalar (jumladan, mashhur «Hayvonlar karnavali» syuitasi) va b. asarlar yozgan. U Sharq musiqasiga izchil qiziqib, «Arabcha kapris», «Jazoircha syuita», «Fors taronalari» kabi asarlar yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые