SEN-PYER VA MIKELON

SEN-PYER VA MIKELON — Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Kanadaning sharqiy qirgʻoqlari yaqinida, Nyufaundlend o. dan jan. da. Fransiya mulki. Umumiy mayd. 242 km2 boʻlgan 8 oroldan iborat. Eng yirik oroli — Mikelon, 216 km2. Iklimi moʻtadil okean, nam iqlim; oʻrtacha tra yanv. da —6°, iyulda 14°. Yillik yogʻin 1000 mm gacha. Iqlimi va toshlokli sertepa relyefi q. x. ni rivojlantirish uchun noqulay. Aholi, asosan, baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Darrandachilik fermalari (moʻynali hayvonlar boqiladi) bor. Chetga baliq, baliq mahsulotlari, moʻyna eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x