SEMIZOʻTDOSHLAR

SEMIZOʻTDOSHLAR, (Portulacaceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Oʻtlar, kamdankam butacha va yarim butalar. Gullari ikki jinsli: kosachasi ikkiga boʻlingan, gultojbarglari besh, baʼzan 4—9 ta, changchilari koʻp, ustunchasi bitta. Barglari koʻpincha seret, yonbargchali. Meva tugunchasi ustki yoki yarim ostki; koʻsakchasi koʻp urugʻli. Yer yuzida keng tarqalgan. Ikxala yarim sharda 30 turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Asosan, issiq va moʻtadil hududlarda uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi oʻsadi. Portulaca grandifl ora turi manzarali oʻsimlik sifatida koʻp ekiladi. Semizoʻtdoshlarning baʼzi turlari isteʼmol qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x