SEMINAR

SEMINAR (lot. seminarium — koʻchatxona; maktab) —1) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi) larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini anikdash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza, i. t. ning muhokamasidan iborat. S, albatta, mavzuni ilmiy tadqiq etgan prof. oʻqituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti xarakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, in-t hamda xalq xoʻjaligi sohalarida keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.

Taʼlimning Seminar shakli darslar, asosan, bahsmunozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va Qad. Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-a. dan boshlab Gʻarbiy Yevropa un-tlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllanilganligi Seminarning taraqqiyoti va hoz. shaklga kelishida muxim oʻrin tutadi.

Zamonaviy Seminarlar muayyan predmetni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Seminar mashgʻulotlari davomida talaba (oʻquvchi) lar ilmiy ish yuritish tajribasi, oʻz xulosalarini ogʻzaki va yozma ravishda ifodalay olish hamda nuqtayi nazarlarini asosli himoyalash malakasiga ega boʻladilar. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: muayyan kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan Seminar ; kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan S; ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. S. mashgʻuloti oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir. Seminar mavzulari tegishli prof. oʻqituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. Seminar mavzusini qiziqishlariga koʻra, talaba (oʻquvchi) larning oʻzlari tanlashlari mumkin. Seminar rahbari oʻtkaziladigan Seminarning maqsadi, mavzumundarijasi, uning metodologik yoʻnalishini maʼruza, maʼruzasuhbatlar vositasida tushuntirib beradi. Undan keyin har bir mavzu boʻyicha aniq talablar belgilab beriladi, adabiyotlar roʻyxati ilova qilinadi. S rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Seminar mashgʻulotlarining mahsuli, odatda, referat boʻladi. Referatlar mashgʻulot davomida tinglanadi va muhokama etiladi. Referatlar mavzuga mos kelishi, metodologik asosi toʻgʻri boʻlishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulosalar asosli hamda amaliyotga aloqador boʻlishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan darajada tashkil etish Seminar rahbarining asosiy vazifasidir. Seminar mavzulari keyinchalik talaba (oʻquvchi)larning kurs, diplom ishlari mavzusiga aylanadi. Ular hatto dissertatsiya mavzusi darajasigacha ham chiqishi mumkin;

2) muayyan agrotexnik tadbir boʻyicha oʻtkaziladigan maslahat yigʻilishi. Oʻzbekistonda q. x. dagi biror agrotexnik tadbir boʻyicha paydo boʻlgan yangiliklarni tegishli mutaxassislarga tanishtirish maqsadida oʻtkaziladigan Seminarlar keng yoyilgan. Mas, chigit yoki bugdoy ekish, paxta yoki don hosilini yigʻib olish boʻyicha oʻtkaziladigan Seminar lar;

3) Oʻzbekistonda nomzodlik yoki drlik ilmiy darajasiga daʼvogarning tayyorgarligini sinab koʻrish uchun i. t. muassasasi va oliy oʻquv yurtlaridagi olimlarni oʻz ichiga oluvchi ilmiy tuzilma. Nazariy S deb ataladigan bu tuzilma majlisida daʼvogar oʻz dissertatsiyasidagi asosiy gʻoyani bayon etib beradi. S aʼzolari esa turli savollar bilan uning tayyorgarlik darajasini sinovdan oʻtkazadilar.

Qozoqboy Yoʻldoshev, Roʻzmon Keldiyorov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x