SELSIY (Celsius) Anders (1701.27.11 – Upsala – 1744.25.4) – shved astronomi va fizigi, Stokgolm FA aʼzosi. Upsaladagi un-tda oʻqigan, shu untda prof. (1730-y. dan). Upsala astronomik rasadxonasi direktori (1740-y. dan). 1736—37 y. larda meridian yoyini oʻlchash boʻyicha Laplandiya ekspeditsiyasida qatnashgan. Ilmiy ishlari astronomiya, geofizika va fizikaga oid. 1742-y. da yuz gradusli temperatura shkalasini taklif qilgan (q. Gradus).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые