SELSIN [ing. self — oʻzim va yun. synchrons — bir vaqtda, sinxron] — birbiriga mexanik tarzda birikkan qurilma valining burilish burchagini maʼlum masofadagi ikkinchi valga sinxron uzatadigan induksion elektr mashina. Yetakchi valning burilish burchagi datchigi signallarini uzatadigan Selsin datchik, yetaklanuvchi valni xuddi shu burchakka buradigan Selsin qabul qilgichdan iborat. Har bir Selsinning birlamchi chulgʻamida hosil boʻladigan bir fazali oʻzgaruvchan oqim ikkilamchi chulgʻamda fazalari mos keladigan, ammo qiymati boʻyicha farq qiladigan uch xil e. yu. k. ni induksiyalaydi. Datchik va qabul qilgich rotorlari sinfaz (bir xil) holatda boʻlganda ikkala Selsinning ikkilamchi chulgʻamdagi e. yu. k. oʻzaro muvozanatlashadi, natijada ikkinchi zanjirda tok boʻlmaydi. Datchik rotori qabul qilgich rotoriga nisbatan burilganda ikkilamchi chulgʻamlardagi e. yu. k. oʻzgaradi, natijada rotorni bir xil holatga keltirishga intiladigan, moslashtiruvchi tok hosil boʻladi. Selsin texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish, oʻlchash asboblari koʻrsatgan maʼlumotlarni masofaga uzatish uchun ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые