SELOSTAT

SELOSTAT (lot. caelum — osmon va yun. statos — qoʻzgʻalmas) — osmon gumbazining sutkalik koʻrinmas harakati tufayli joyini oʻzgartiradigan osmon yoritqichlarini kuzatishga imkon beruvchi qoʻshimcha astronomik asbob. Aylanib turuvchi yassi koʻzgusi boʻlib, u yoritqich nurini qoʻzgʻalmas teleskopga yoʻnaltirib beradi. Asosan, Quyoshni kuzatish uchun ishlatiladi. Selostatning ekspeditsion (olib yursa boʻladigan) va statsionar (muqim) turlari bor. Ekspeditsion Selostat, asosan, Quyosh tutilishlarini kuzatishga moslashgan boʻlib, quyosh nurini teleskop obyektiviga yoki kamera koʻzgusiga yoʻnaltirib beradi. Statsionar Selostatlarni qoʻshimcha yassi koʻzgu bilan ishlatishga toʻgʻri keladi. Selostat kuyosh teleskoplarida, spektrogelioskoplarda ishlatiladi. Toshkent astronomiya in-tida Selostat kurilmali spektrogelioskop, gorizontal quyosh teleskopi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x