SELENIT (yun. selene — Oy) — gips turi, mineral. Odatda, togʻ jinslari yoriklarida devorlarga perpendikulyar joylashgan ingichka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uz. 10—15 sm gacha boʻlib, yorugʻlik nurlarini ipak singari chiroyli aks ettiradi. Turli aralashmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va pushti ranggacha boʻladi. Selenit bezaktosh sifatida keng qoʻllaniladi (yana q. Gips).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые