SELEKTOR (lot. seligo — saralayman, tanlayman) — 1) maʼlum oʻzgarmas tok impulslarini sezadigan elektromexanik qurilma. Telefon apparatlari parallel ulangan abonentlar bilan dispetcherlik punkti orasida (koʻpincha, t. y. transportida) telefon aloqa oʻrnatishda (selektiv aloqada), telesignalizatsiya, teleboshqarish, avtomatik boshqarish tizimlarining elektr aloqa zanjirlarida ishlatiladi;
2) sekin neytronlar dastasidan maʼlum energiyali neytronlarni ajratish uchun qoʻllaniladigan asbob.