SEKKIM

SEKKIMHindiston tarkibidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlarida. Nepal, Butan va Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 7,3 ming km2. Aholisi 576 ming kishi (2001), asosan, bxotiya, lepcha, nepali, ingliz tilida soʻzlashadi. Lepcha va bxotiyalar (30,8%) buddizm (lamaizm) diniga, kalgan xalqlarning koʻpchiligi (66,7%) induizm diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Gangtok sh.

Sekkim hududi Katta Himolay togʻlarining jan. yon bagrida, 1500 m dan balandda joylashgan. Eng baland joyi 8585 m. Chukur dare vodiysi koʻp. Eng yirik daryosi — Tista. Iqlimi subekvatorial, sernam, togʻ iqlimi. Yillik yogʻin 3000—4000 mm, shim. da 500 mm gacha. Gangktokda yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki 19°. Balandlik mintaqalari yaqqol koʻzga tashlanadi. 4000 m balandlikkacha barg toʻkuvchi va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorisi alp oʻtloqlari.

16-a. oxiridan Sekkim hududiga tibetliklar kirib kelgan. 18-a. oxirigacha S. Tibetga tobe boʻlgan. 19-a. 2-yarmidan 1946-y. gacha Angliya mustamlakasi. 1949-y. dan Hindiston protektorati. 1950-y. da Sekkim—Hindiston shartnomasiga muvofiq, Hindiston hukumati Sekkimning mudofaasi va hudud butunligini taʼminlashni oʻz zimmasiga oldi. 1973-y. dan barcha maʼmuriy faoliyatlar Hindiston hukumati ixtiyoriga berildi. 1974-y. aprelda 1umumiy saylov oʻtkazildi. 3-iyulda konstitutsiya qabul qilindi. 1974-y. sent. da Sekkimga Hindistonning uyushgan shtati maqomi berildi. 1975-y. maydan Sekkim — Hindistonning 22shtati.

Sekkim — agrar shtat. Aholi dehqonchilik, chorvachilik va qisman yogʻoch tayyorlash bilan shugʻullanadi. Togʻ oraligʻidagi vodiylar va dare qayirlarida sholi, makkajoʻxori, batat, soya, ziravorlar ekiladi. Bogʻdorchilikda apelsin, olma, ananas, banan oʻstiriladi. Choy plantatsiyalari bor. S. jahon bozoriga kardamon yetkazib berish boʻyicha 1-oʻrinni egallaydi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy boqiladi. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor buyumlari, qogʻoz tayyorlanadi, gilam toʻqiladi. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan, kumush buyumlar yasaladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, rux, mis rudalar kezib olinadi. Rangpodagi ktda polimetall rudalar qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beruvchi, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Davlat kustar sanoat in-tida anʼanaviy sanoat tarmoklarini rivojlantirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi. GESlar qurilgan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x