SEITOV

SEITOV Xojabek (1917.25.8, Qoraqalpogʻiston Qoraoʻzak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Qoraqalpogʻiston Oʻqituvchilar in-tida oʻqigan (1938—41). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi Radioeshittirish qoʻmitasi (1947—58) va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1952—58). «Sovet Qaraqalpaqstani» gaz. boʻlim mudiri (1958-y. dan). Poetik asarlarida («Baxtli hayot», 1947; «Gullayotgan ovul», 1955, N. Japaqov bilan hamkorlikda; «Tong shuʼlasi», 1968 va b.) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. Oʻzbek tilida «Hayot tongi» (1954), «Toʻlqinlar» (1956), «Yaylov yulduzi» (1968) kabi asarlar yozgan. «Mashaqqatli baxt» (1959), «Kuchli shamol» (1973) romanlari muallifi. Mirtemirnit «Qoraqalpoq daftari» asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959).

Ac: Mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; Yaylov yulduzi [sheʼrlar va doston], T., 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x