DO`STLARGA ULASHING:
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir er-xotinning ikkita qizi bor ekan. Kattasining ismi Zulayho, kichigining ismi Zubayda ekan. Bir kuni er-xotin ikkalalari o’rmonga o’tin olib kelishga boradigan bo’lishibdi va Zulayhoga Zubaydani topshirib, singlingni o’ynatib o’tirgin, deb ketishibdi.
Ular ketishgach, Zulayho Zubaydani uxlatib qo’yibdi-da, o’zi o’ynagani chiqib ketibdi. Shu payt osmonda bir gala sehrli o’ozlar paydo boiipti. Ular Zubaydani ko’tarib, uchib ketibdilar. Zulayho o’ozlar ketgan tomonga qarab ketaveribdi. U yoi yuribdi, yo’l yursa ham moi yuribdi. Oldidan katta bir daryo chiqib qolibdi. Unda suv o’rnida zardob oqayotgan ekan. Zardobdan jirkanib, undan ichmapti haligacha birorta inson zoti bu daryodan suv ichmagan ekan.
— Daryojon, daryojon, g’ozlar qayoqqa ketganini biimaysanmi? — depti Zuiayho.
— Bilaman,-depti daryo,-faqat mening suvimdan ichsang, aytaman.
Zulayho jirkanmasdan daryoning zardobidan ichibdi. Shunda daryo unga yoi ko’rsatib, hatto sehrli ko’prigidan o’tkazib ham qo’yibdi.
Qiz yurib-yurib charchapti. Bir daraxtning yoniga yetib kelgach, qorni ochib, undan bitta meva uzib yepti-da, uning soyasida dam olgani o’tiripti. Shu payt daraxtga ikkita qush uchib kelishipti. Qushlar o’zaro gaplasha boshlaptilar. Daraxtning mevasi sehrli bo’lib, kim undan yesa hayvonlar va qushlar tilini tushunadigan bo’lib qolar ekan. Zulayho ham qushlarning so’zini tushuna boshlapti.
-Shu daraxtning tagida o’tirgan qiz singlisini yo’qotib, qidirib vuripti,-depti birinchi qush.- Men uning qayerdaligini bilaman. Lekin u yerga qanday borishni bilmayman.
— Qanday borishni men bilaman,- depti ikkinchi qush.- Hu o’sha ko’rinib turgan tog’ning tepasida bir g’or bor. U g’orda bir sher bor. Sher qushlarning patidan gilam to’qiydi. Sehrli g’ozlarning malikasi o’sha gilamlarni olib ketgani kelib turadi.
Qiz o’sha sherning to’qiydigan gilamiga yetadigan patlarini yashirib qo’ysa, sher kelib, qizga tegmaydi va:
«Nima tilaging bor?»-deydi. Shunda qiz: «G’ozlar malikasining jonini ber», — deyishi, berishga sherni majbur qilishi kerak. Malikaning joni joylashgan tuxum ichidagi kapalakni oidirmoqchi boisa, malika keladi va qizga singlisini qaytib beradi.
Qiz bu gaplarni eshitib, toqqa qarab yoi olipti. Yurib-yurib, toqqa yetibdi.
Amallab g’orni topibdi. Qarasa, g’orning og’zini tikanli changalzor qoplagan ekan.
U changalzorni qoii bilan silagan ekan, ular qizga yoi beribdilar.
Qiz g’orga kiribdi. U yerda hech kim yo’q ekan. Sher gilam tayyorlash uchun patlarni tayyorlab qo’ygan ekan.
Qiz patlami yashirib qo’yibdi. Bir payt sher paydo bo’lipti. U na’ra tortib, g’orga kirib kelipti. Qiz yashirinib turaveripti. Sher patlari yo’qolganini ko’rib, g’azablanib ketipti. U shunaqangi g’azab bilan na’ra tortibdiki, atrofdagi xarsangtoshlar dumalab tusha boshlapti.
— Bu yerda kim bor?- debdi sher.- Qo’rqma, chiqaver, men senga tegmayman.
Qiz yashiringan joyidan chiqipti. Sher unga:
— Nima istaysan, nega patlarimni yashirding?- depti. Qiz unga:
— Menga g’ozlar malikasining jonini ber,- depti.
— Boshqa nima istasang, beray, faqat buni so’rama,-depti sher.
Lekin qiz o’z so’zida mahkam turib olipti. Noiloj qolgan sher g’ozlar malikasining jonini-bir dona tuxumni qizga beripti. Qiz tuxumni yerga urgan ekan, u parchalanib, ichidan bir dona kapalak chiqipti. Qiz kapalakni siqqan ekan, chaqmoqdek chaqin chaqib, g’ozlar malikasi kelipti.
— Ey qiz, meni o’ldirma, nima istaysan, istagingni bajo keltiraman,-depti g’ozlar malikasi.-Xohlasang, seni malika qilib qo’yay, xohlasang, boshingdan zar quyay, faqat meni o’ldirma.
-Menga hech narsa kerak emas,-depti qiz.- Singlimni qaytib bersang bo’ldi.
Malika Zubaydani olib kelishga amr qilipti. G’ozlar bir zumda Zubaydani olib keliptilar. Zulayho malikaning joni-kapalakni mijig’lab o’ldiripti. Shu zahoti togiarda momaqaldiroq gumburlabdi, cho’lning o’rni yam-yashil bog’ga aylanipti. Uzoqda esa ularning uylari ko’rinib turgan ekan. Opa-singil chopqillaganlaricha uylariga ketiptilar. Uyga borishsa, ota-onasi qizlarining dardida kasal bo’lib yotishgan ekan. Ular farzandlarini ko’rib, tuzalib ketiptilar. Hammalari shod-xurram yashab, murodlariga yetishipti.