SEGREGATSIYA

SEGREGATSIYA (lot. segregacio — ajratish) — biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki ixtiyoriy yoʻl bilan koʻchirish yohud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat koʻrsatish korxonalari tashkil etish yoki boʻlmasa, boshqa diskriminatsiya choralari orqali ajratib qoʻyish. Segregatsiya — diskriminatsiyaning alohida koʻrinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan Segregatsiya hollari boʻlgan. Chunonchi, Segregatsiya AQSH janubida 19-a. 2-yarmining boshida negrlar ozod qilingandan soʻng 20-a. da ham uzoq vaqt saqlanib turdi. JARda 20-a. ning 90y.

lari boshigacha Segregatsiyaning eng yomon shakli — aparteid mavjud edi. Irqiy kamsitishning har qanday shaklini tugatish toʻgʻrisidagi 1965-y. gi xalqaro konvensiyaga muvofiq, unda ishtirokchi davlatlar irqiy Segregatsiya va aparteidni qoralash b-n birga oʻz xududlarida bunday tusdagi har qanday harakatga yoʻl qoʻymaslik, taqiqlash va yoʻqotish majburiyatini oldilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x