SEGMENT (lot. segmentum — kesma, seco — kesaman) — 1) tekislikdagi Segment — egri chiziq va shu yey uchlarini tutashtiruvchi vatar bilan chegaralangan tekis shakl. Doiraviy AtV S. yuzi (rasmga q.) OAtV sektor yuzi bilan AOV uchburchak yuzining ayirmasiga teng;
2) fazoviy Segment — fazoviy jismni tekislik bilan kesganda undan ajratib olingan shaklning sirti bilan shu tekislik orasidagi qismi; 3) Segment yoki kesma — toʻgʻri chiziqning A va V nuqtasi orasidagi nuqtalarning A va V nuqtalarini ham oʻz ichiga olgan toʻplami. Boshqacha aytganda, Segment toʻgʻri chiziqning koordinatalari a