SEChENOV Ivan Mixaylovich [1829.1(13).8, Rossiya, hoz. NijniyNovgorod viloyati, Tepliy Stan (Sechenovo) qishlogʻi —1905.2(15). I, Moskva] — rus tabiiyotshunosi, Rossiyada fiziologiya maktabi va psixologiyada tabiiyilmiy yoʻnalish va bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi. Peterburg FA faxriy akad. (1904), muxbir aʼzosi (1869). Moskva un-tining tibbiyot ftini tugatgan (1856). Peterburg xirurgiya akademiyasining fiziologiya kafedrasini boshqargan (1860-y. dan), fiziologiya lab. sini tashkil qilgan. Moskva unti fiziologiya kafedrasi privatdotsenti (1889), prof. (1891-y. dan). Sechenov gomeostaz orqali oʻz-oʻzini boshqarish haqidagi fikrni ilgari surdi (1861). Bosh miya markazlarining harakat aktivligiga taʼsiri toʻgʻrisida tajriba oʻtkazib, baqa uzunchoq miyasi va koʻrish doʻmboqchalariga osh tuzi bilan taʼsir etilganda oyokdarning reflektor yoʻl bilan harakatlanish reaksiyasi toʻxtab qolishi sabablarini tadqiq etadi va psixik jarayenlarning fiziologik asoslarini ochib beradi (1862). Sechenov darvshshjtl targʻib qilib, uni fiziologiya va psixologiya masalalariga ham tatbiq etdi. 1890-y. da u psixofiziologiya va bilish nazariyasi masalalariga oid muammolarni oʻrgandi.
As: Izbr. filosofskiye i psixologicheskiye proizvedeniya, M., 1947; Izbrannыye proizvedeniya, t. 1, M., 1952; Refleksы golovnogo mozga, M.,1952.