SAYYOR TEATR

SAYYOR TEATR — oʻzining doimiy sahnasiga ega boʻlmagan, turli joylarga koʻchib yurib spektakllar koʻrsatadigan teatr. Koʻp mamlakatlarda xalq, teatrlari (mimlar, gistrionlar, skomoroxlar, jumladan, masxarabozlar, qiziqchilar va b.) sayyor boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlari Yevropa va Amerika mamlakatlarida Sayyor teatrlar professional tomosha sanʼatining alohida shakli sifatida keng tarqalgan. 30y. larda St. ishchiyoshlar teatri, k-z — s-z teatrlari misolida rivojlandi. 2-jahon urushi yillarida Sayyor teatrlar (front teatrlari) qismlarda madaniy xizmat koʻrsatgan.

1918-y. Fargʻonada Hamza boshchiligida tashkil qilinib, 1919-y. Oʻlka siyosiy sayyor truppasiga aylantirilgan teatr ham St. edi. U «Qizil Sharq» agitpoyezdi tarkibida Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Chorjoʻy, Ashxobod va b. shaharlarda tomoshalar koʻrsatish bilan birga madaniymaʼrifiy,. targʻibot va tashviqot ishlarini ham olib borgan. 60y. larga kelib Sayyor teatrlar faoliyati toʻxtatildi, ularning ayrimlari viloyat teatrlariga aylantirildi, baʼzilari davlat teatrlariga qoʻshilib ketdi. Sayyor teatrlar faoliyatining hamma bosqichlarida katta siyosiy va madaniy-maʼrifiy rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x