SAYYID BARAKA

SAYYID BARAKA, Mir Sayyid Baraka (? — 1404) — Amir Temurning piri. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, asli Makka sh. dan boʻlib, Amir Temur bilan dastlab Termiz sh. da uchrashgan. Makka va Madinaning vaqf (Makka va Madina sh. lari islom olamida muqaddas shaharlar deb atalgani sababli islom davlatlari hukmdorlari har yili bu shaharlarga vaqf mablagʻi, yaʼni belgilangan miqdordagi mablagʻni yuborib turishni sharafli burch deb bilganlar) larini undirish uchun Balxga Amir Husayn huzuriga kelgan. Amir Husayn u talab qilgan mablagʻni berish u yoqsa tursin, hatto Sayyid Barakaga iltifot ham koʻrsatmaydi. U bunday sovuq munosabatdan xafa boʻlib Termizga qarab ketadi va Termiz yaqinida Amir Temur bilan uchrashadi. Amir Temur u talab qilgan mablagʻni ortigʻi bilan beradi. SB. Amir Temurga nogʻora bilan bayroq tortiq qiladi. Amir Temur 1370-y. saltanatni qoʻlga olgach, Andxoʻy (Afgʻoniston) viloyatini barcha qishloqlari bilan Sayyid Barakaga «iqtoʼ» tarzida inʼom qiladi. S. B. Sohibqironning Mozandaron, Dashti qipchoq harbiy yurishlarida unga hamroh boʻlgan, qoʻshinning ruhini koʻtargan. Sayyid Baraka harbiy safarlarga qatnashmagan paytda Samarqand va Andxoʻyda yashagan. 1404-y. qishda Sayyid Baraka ogʻir kasallikdan soʻng vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Amir Temur Sayyid Barakaning jasadini Andxoʻyda dafn etishni buyuradi. 1409-y. Shoxrux Mirzo Movarounnahr taxtini Xalil Sultondan tortib olgach, Sayyid Barakaning xokini Andxoʻydan Samarqandga keltirib, Amir Temur maqbarasiga dafn ettiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x