Saytni optimizatsiyalash. SEO nima? SEO’ning 5 asosiy fishkasi

DO`STLARGA ULASHING:

SEO – bu saytning qidiruvda ko’tarilishini ta’minlovchi texnologiya hisoblanadi. Bu texnologiya yordamida biz saytni Google, Yandex, Bing , Yahoo sistemalarida yuqori o’rinlarga ko’tarishimiz ya’ni saytni optimizatsiyalashimiz mumkin. SEO’ning bir necha oddiy fishkalari mavjud bo’lib, ularni bilmaslik natijasida ko’pchilik saytini o’z qo’llari bilan qidiruvdan pastga tushurmoqda.

1. Sarlavha teglari (h1, h2….h6)
Ushbu teglar qidiruv tizimi uchun muhim manbalardan biri bo’lib, qidiruv tizimi robotlari saytga tashrif buyurganda sarlavha teglariga ko’proq e’tibor beradi. Shunday ekan bu sahifaning tuzilishi va iyerarxiyasi uchun juda muhimdir.

2.Meta teglar
Bu saytning qidiruvda chiqishini ta’minlashda beminnat xizmatchilardir. Meta teglar yordamida biz saytimizni qidiruv tizimiga ochiqdan-ochiq tanishtiramiz

3. Sayt kartasi
Qidiruv botlari saytga tashrif buyurganda saytga judayam ko’p maqola, sahifa bo’lsa, botlar sitemap ya’ni sayt kartasiga murojat etadi. Shu sababli sayt kartasi bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

4. Kartinkalarga title va alt
Bu qidiruv tizimi uchun juda muhim xususiyatlardan bo’lib, google rasmlarni va maqolalarni aynan shu title va alt orqali topadi

5. Yaratilgan URLya’ni manzil linki
Bu qidiruv tizimi uchun judayam muhim. Sizda Saytingizda maqola mavjud. Maqola Titlesi “Salom dunyo” bo’lsa linki esa quyidagicha http://lorem.uz/article.php?id=1 ya’ni ID 1 raqamli maqola (ID 1 degani bu saytda 1-maqola degani. MySQL bazada ID orqali tartibga solinadi. 1-maqola id=1, 2-maqola id=2,….) qidiruvda siz kutganchalik yuqoriga va tezkor aks etmaydi. Agarda sizning manzil http://lorem.uz/salom-dunyo yoki http://lorem.uz/salom-dunyo.html bo’lsa bunda qidiruvda aks etish darajasi ancha yuqori bo’ladi.

tweet.uz/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x