SAYRAM — qadimgi shahar va viloyat. Aris daryosi vodiysida (Chimkent sh. dan 8 km uzoqlikda) joylashgan. Tarixda Isfijob, Oʻrungkent, Yettikent, Madinat ulbayzo, Saryom nomlari bilan qayd etiladi. Sayram qalʼasining qad. oʻrni 28 ga dan koʻproq joyni egallagan. Qalʼa birinchi marta 840-y. da somoniylar amiri Nuh ibn Asad tomonidan bunyod etilgan. Koʻchmanchilardan saqlanish uchun devor juda qalin qilib qurilgan. Shaharning barpo etilgani yaqin paytlargacha 1,5 ming yildan koʻproq vaqt oʻtgan deb yuritilardi. 1988-y. gi arxeologik qazishmalar shaharning ancha ilgari bunyod qilinganligini isbotladi. Qad. ajdodlar yashagan manzilgohdan Ia. ga oid buyumlar topildi. 6 — 19-a. davomida Sayram 13-marta bosqinchilar hujumining guvohi boʻlgan. Manbalarda Sayram nomi birinchi marta Xitoy sayyohi Syuan Szan (7-a.) tomonidan tilga olinadi. Arablar bosib olguniga qadar, S xalqi buddizm, zardushtiylik, xristianlik dinlariga eʼtiqod qilgan. Mas, uning koʻhna darvozalaridan birining nomini budda ibodatxonasi sifatida tarjima qilish mumkin. Muhammad Shayboniyxon 15-a. oxirida Oʻtror, Yassi va Sayram shaharlarini oʻz qoʻliga oladi. Bu davrdagi tarixiy yodgorliklardan Abdul Aziz bobo va Qorasoch maqbarasi diqqatga sazovordir. 1510-y. qozoqxoni Qosimxon shayboniylar qoʻshinini tormor qilib, Sayramni Toshkentga boradigan muhim tayanch manziliga aylantirdi. Bu va undan keyingi sulton Abulxayr davrlarida Sdan 3 km uzoklikda joylashgan Mortepada qozoklar davlatining Kichik juz, Oʻrta juz va Katta juz vakillari har yili may oyida toʻplanishib, qarorlar qabul qilishgan, keyin uni Turkistonda tasdiqlashgan. Ular eʼzoz bilan Sayramni ona shahar, Turkistonni ota shahar deb bilishgan. 1683-y. S. Abulxayr ixtiyorkda boʻlgan bir paytda jungʻorlar (qalmoqlar) hujumi boshlanadi. Qalmoq xoni Xuntayji Sayramni talagan. 40 ming asir haydab ketilgan. Asirlar bir yil mobaynida Ili daryosi boʻyida ushlab turilgan, soʻnfa qad. Turfangʻa haydab ketilgan. Keyinchalik asirlar Qashqarda oʻzlarining boy Sayram shaharini barpo etishgan. 1758-y. S Qoʻqon xonligi hududiga qoʻshib olindi. 1864-y. Rossiya bosib olgan. 1917-y. ga qadar Sayramda 35 ta masjid boʻlgan. Hoz. kunga kelib saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklar: Qozi Bayzovo maqbarasi, jome masjidi qoldiqlari, Xizr masjid yonidagi mezana, Mirali bobo maqbarasi, shuningdek, shahar markazidagi yer osti yoʻli (uz. 3 km dan ortiq). Dushman hujum qilgan paytda aholi ushbu yer osti yoʻlidan foydalangan. Shahar eski qalʼasini buzish paytida 13-a. ga oid tanga pullar, birbiriga ixcham kiydirilgan sopol quvurlar, sopol buyumlar, eski oʻchoq oʻrni va b. topilgan. Ahmad Ergashxoʻjayev.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые