SAYLOV — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va b. tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, qar bir davlatning konstitutsiyasi va b. konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman Saylov boʻlishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha S. oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, OʻzR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga Saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, toʻgʻridantoʻgʻri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi (yana q. Saylov shizimi, Saylov huquqi).