SAXAROZA (hindcha sakkhara — qum, shakar qumi) — disaxaridlar guruhiga mansub uglevod, S12N22OP, rangsiz kristall modda. Mol. m. 342,296. Fotosintezsa oʻsimlik barglarida hosil boʻladigan kand. S barg shirasi bilan birga poya, meva va ildizga oqib tushib toʻplanadi. Saxaroza qand lavlagida (20—24% gacha) va shakarqamish poyasida (26% gacha) boʻladi. Suyuklanish t-rasi 185 — 186°; 200° dan yuqori trada parchalanadi, suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi. Asosan, oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, sirt faol moddalar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые