SAXALAR (rus manbalarida yakutlar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990y. lar oʻrtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Saxalar etnogenezi juda murakkab. Saxalar Baykal boʻyidan Lena daryosining oʻrta oqimi boʻyiga koʻchib kelib (10—14—15-a. larda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) bilan qoʻshilib ketishgan. Saxalar turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik bilan shugʻullansalarda, lekin oʻz qoʻshnilari — Shim. da yashovchi, ovchilik xoʻjaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bugʻuchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые