SAXA FORMULASI — gazning termik ionlanishi darajasini aniklashda tatbiq qilinadigan formula. M. Saxa yulduzlar atmosferasining ionlanishini tushuntirish uchun keltirib chiqargan: bunda Kr — muvozanatdagi gaz ionlanishi doimiysi; m — elektron massasi; Wi — ionlanish energiyasi; k — Bolsman doimiysi; T — mutlaq tra; h — Plank doimiysi; r — gazning parsial bosimi; a — ionlanish darajasi; ga va g,. — neytral atom va ionning statistik ogʻirligi.
Bu formula statistik muvozanatdagi gazga ham tatbiq qilinadi va amalda undan keng foydalaniladi.