SAXA

SAXA (Saha) Megnad (1893.6.10, Dakka, hoz. Bangladesh — 1956.16.2, Yangi Dexli) — hind fizigi va astrofizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1927-y. dan). Kalkutta un-tini tugatgan (1915). Kalkuttadagi fanlar boʻyicha Milliy in-t aʼzosi va prezidenti (1937—39). Kalkuttadagi Yadro fizikasi in-ti asoschisi (1951) va uning faxriy aʼzosi. Ilmiy ishlari termodinamika, statistik fizika, ionlanish nazariyasi, nurlanish nazariyasi, astrofizika, radiotoʻlqinlar tarqalishi nazariyasi, yadro fizikasi va b. ga oid. Gazlarning yuqori trada ionlanish nazariyasiga va ularni yulduzlar atmosferasini oʻrganishda qoʻllashga oid ishlari fanda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x