SAVA — Gʻarbiy Yevropadagi dare, Dunay daryosining eng sersuv oʻng irmogʻi. Uz. 940 km, havzasining mayd. 95 ming km2. Alp togʻlaridan boshlanib, oʻrta va quyi oqimida Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Kupa, Una, Drina va b., asosan, Dinara togʻligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1670 m3/sek. Quyilish joyidan 600 km masofada kema qatnaydi. Sava vodiysida Lyublyana, Zagreb sh. lari, quyilish yerida Belgrad sh. joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые