SAUTPORT (sobiq GoldKost) — Avstraliyaning dengiz boʻyi iqlim kurorti, Tinch okean sohilida, Brisben sh. dan janubda. Avstraliyada eng yirik suv sporti, turizm va dam olish zonasi (mayd. 120 km2 dan ortiq). Aholisi 391,2 ming kishi (1999). Sautport tarkibida 20 dan ortiq aholi punktlari mavjud. Dam olish zonasi sifatida 1952-y. dan rivojlanmoqda. Delfinariy, ornitologiya qoʻriqxonasi, muzeylar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые