SATTOROV Joʻraqul Sattorovich

SATTOROV Joʻraqul Sattorovich (1938.1.10, Kattaqoʻrgʻon tumani Kallaqoʻrgʻon qishlogʻi) — agrokimyogar, tuproqshunos olim, Oʻzbekiston FA akad. (1994), q. x. fanlari d-ri (1980), prof. (1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1990). ToshDU biol. tuproqshunoslik ftini tugatgan (1962). Shu In-tda aspirant (1962—65), assistent (1966), katta oʻqituvchi (1967), dotsent (1968), kafedra mudiri (1968— 95), Oʻzbekiston FA Tuproqshunoslik va agrokimyo in-ti direktori (1987—95), Samarqand un-ti rektori (1955—99). 1999-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qoʻmitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo in-tida boʻlim mudiri.

Ilmiy ishlari tuproq melioratsiyasi, tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya, global muammo boʻlgan choʻllashish jarayonining tuproq qatlamiga taʼsiri, suv omborlarining choʻkindi loyqalaridan q. x. da oʻgʻit sifatida foydalanish masalalariga bagʻishlangan. Sattorov sulfat tuzlari bilan shoʻrlangan yerlarni kuzqish oylarida yuvishning ilmiy asosini yaratdi, gʻoʻza va uning naviga qarab oʻgʻit berish sistemasini ishlab chiqsi, «nav» agrokimyosi» asos soldi.

As: Melioratsiya — tuproq unumdorligining garovidir, T., 1970; Sort, pochva, udobreniye i urojay, T., 1988; Nitratreduktiaznaya aktivnost i otzыvchivost xlopchatnika na azotnыye udobreniya, T., 1991; Agroximiya fosfora, T., 1992; Pochva — udobreniye v xlopkovodstve Oʻzbekistana, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x