SASSIQQOʻNGʻIZLAR (Carabidae) yirtqich qoʻngʻizlar kenja turku miga mansub qoʻngʻizlar oilasi. 20 mingdan ortiqturi maʼlum. Uzunchoq tanasining uz. 2—3 mm dan 50—80 mm gacha. Rangi, odatda, kora, metallsimon tovlanadi. Moʻylovi qilsimon yoki ipsimon; oyoklari yuguruvchi, panjalari 5 boʻgʻimli. Koʻpchilik turlari yer ustida yoki tuproqning yuza qatlamlarida yashaydi. Tunda faol. Lichinkalari tuproqsa yashaydi. Sassiqqoʻngʻizlar koʻpgina q. x. zararkunandalari (hasharotlar, mollyuskalar, shilliqlar, chuvalchanglar, tunlam qurtlari va b.) bilan oziqlanib, ular sonini tartibga solishda samarali natija beradi. Saprofog (oʻsimlik qoldiqlari b-n oziqlanuvchi) Sassiqqoʻngʻizlar tuproq hosil boʻlish jarayonida faol ishtirok etadi. Baʼzi S oʻsimlikxoʻr (fitofag) boʻlib, q. x. oʻsimliklariga zarar yetkazadi. Oʻrta Osiyoda 40 dan ortiq turi uchraydi, jumladan, eng koʻp tarqalganlari: Bembidon guadripustulatum, V. almum, Tachys angustulus, Tachyura tetraspila, Colosoma daserticola, C. auropunctatum drungaricum, Broscus punctatus, Pterostichus cupreus va b. Biologik qarshi kurash tizimida tangaqanotlilarga Colosma va Pterostichus; koʻk qurt (kuzgi tunlam) va b. tunlamlarga Broscuspunctatus va V. semistriatus urugʻining vakillaridan, toq ipak qurtga qarshi Colosoma vusorpapgadan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые