SASSIQKOʻL — Qozogʻistondagi koʻl, Balxash koʻlidan sharqroqda, 347 m balandlikdagi BalxashOlakoʻl soyligida joylashgan. Mayd. 735 km2, oʻrtacha chuq. 3,3 m, eng chuqur joyi 4,7 m. Suv sathi 3 m gacha oʻzgarib turadi. Noyab. da muzlab, apr. boshlarida eriydi. Koʻlga Tentak va Qorakoʻl daryolari quyiladi. Sdan Uyali koʻliga suv quyiladi. Baliq, ondatra ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые