SASSIQ TUMOV, ozena burun boʻshligʻining surunkali kasalligi. St., odatda, burun chigʻanoqlari shilliq pardasi va suyak skeletining juda yupqalashib ketishi (atrofiya) va burun shilliq pardasidan ajralib, tezda qaloqqa aylanuvchi badboʻy quyuq shilimshiqchiqishi bilan kechadi. (q. Burun). Bunda burundan nafas olish qiyinlashadi, burun va tomoq qichiydi, yoʻtal paydo boʻladi, hid bilish pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi. Atrofiya koʻz yoshi — burun kanali shilliq pardasiga ham tarqalgani uchun koʻz yoshi xaltachasiga infeksiya kirib, dakriotsistit yuzaga keladi; Yevstaxiy nayi shilliq pardasiga oʻtganda esa otit (q. Qulos) roʻy beradi, jarayon hiqildoq va traxeyaga (q. Nafas) tarqalganda ovoz xirillab chiqib, nafas olish qiyinlashadi. Kasallik koʻpincha bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Bemor, albatta, vrachga murojaat qilishi shart.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые