SARV

SARV (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shim. Amerika, Shim. Afrika, Jan. Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi maщarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50 — 60 sm, 200—300-yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000-y. gacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. TUpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang. Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil Sarv turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. Sarv turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan.

Abdushukur Xonazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x